Joriy yil oxirigacha Singapurdan O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar tashkil etilishi mumkin, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bu haqda Singapurda o‘tkazilgan “O‘zbekiston: sivilizatsiyalar chorrahasi” deb nomlangan keng ko‘lamli roud-shou taqdimotida ma’lum qilingan.

Taqdimotda Singapur tomonining alohida e’tibori O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, ziyorat, qishki, gastronomik va ishbilarmonlik turizmi imkoniyatlariga qaratildi.

Roud-shou taqdimotida, shuningdek, ikki davlat sayyohlik kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida singapurlik sayyohlar uchun O‘zbekistonga yangi turlarni tashkil etish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.


Avvalroq “Spot” Ispaniyaning “World2Fly” aviakompaniyasi Urganch va Toshkentga charter reyslarini yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Parvozlar ikki bosqichda — birinchisi 8-maydan 12-iyungacha, ikkinchisi 4-sentabrdan 30-oktabrgacha amalga oshiriladi.