“BMW” Xitoyning Liaoning provinsiyasining ma’muriy markazi bo‘lgan Shenyangdagi ishlab chiqarish zavodini kengaytirish uchun yana qariyb $2,76 mlrd (20 mlrd yuan) sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Ushbu mablag‘ “BMW Brilliance Automotive Ltd” zavodini modernizatsiya qilish va eng yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltiriladi.

“Ushbu majburiyat nafaqat Xitoyda so‘nggi o‘ttiz yillikdagi muvaffaqiyatlarimizni ta’kidlaydi va kelgusi yillardagi ishonchimizni ham ifodalaydi”, dedi bosh direktor Oliver Zipse bayonotida.

Yangilik Oliver Zipse va boshqa biznes rahbarlari Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Xitoyga uch kunlik tashrif bilan kelganidan ikki hafta o‘tib paydo bo‘ldi.

Berlin Xitoy bilan hamkorlikda, xavflarni kamaytiradigan holda dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyotini birlashtirish va hattoki ayrim tarmoqlarda kengaytirishga intilmoqda.


Avvalroq “Spot” “BMW” AQShdagi zavodida odamsimon robotlarni ishga yollagani haqida yozgandi.

Ayni paytda robotlar zavod faoliyatiga integratsiyalashishga o‘rgatilmoqda. Ular katta ehtimol bilan, kuzov sexida ishlaydi.