“Google Photos” bir tugmani bosish orqali videolaringizni yaxshilash imkonini beruvchi yangi video tahrirlash funksiyasini qo‘shishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.

“Google Photos"ning “Videoni yaxshilash” deb nomlangan yangi tahrirlash funksiyasi videoni tahrirlashni boshlaganingizda chap tarafdagi barqarorlashtirish tugmasi yonidagi sehrli tayoqcha belgisini ko‘rsatadi.

U videoni yorqinligi, kontrasti, to‘yinganligi va boshqa sifatlarini avtomatik ravishda sozlab, uni yaxshiroq ko‘rinishga olib keladi.

Qayta ishlash biroz vaqt oladi va yaxshilanayotgan videoning uzunligiga bog‘liq.

funksiya, google photos, google

Biroq, bularning barchasi qurilmada sodir bo‘ladi. Videoga avtomatik yaxshilanishlarni qo‘llagandan so‘ng, yangi versiyani nusxa sifatida saqlash mumkin.

Quyida yangi “Google Photos” funksiyasidan foydalangan holda yaratilgan oddiy va takomillashtirilgan video o‘rtasidagi taqqoslashni ko‘rish mumkin. Tahrirlangan versiyada kontrast va to‘yinganlikning yuqori darajalari aniq ko‘rsatilgan.


Avvalroq “Spot” “Google” “Chrome” qidiruv paneliga sun’iy intellekt qo‘shgani haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt qidiruv paytida foydalanuvchiga saytlarni taklif qiladigan tizimning ishlashini yaxshilash imkonini beradi.