O‘zbekistonda kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun uchinchi litsenziya berildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Navbatdagi kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshiruvchi “Japan DXT” kompaniyasi bo‘ldi.
Bundan oldin agentlik “Lockton Hub” va “Paynet Crypto“ga mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun berilgandi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Japan DXT” 2022-yilning mart oyida tashkil etilgan. Kompaniya ulushiga “Premium Global Investment” firmasi va “№1 Solutions Inc” 50%dan egalik qiladi.
2020-yilda tashkil etilgan “Premium Globe Investment” rasman ulgurji savdo bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning rahbari va yagona asoschisi Sobir Hamidov hisoblanadi.
Kompaniya bir nechta korxonalarda ulushlarga ega. Ulardan 50%i “Investment Global Fund” kompaniyasida, 51%i “Central Asia Megastar” boj olinmaydigan do‘konlar operatorida, 100%i “Duty Free International"da.
Avvalroq 2025-yildan qimor, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi ma’lum qilingandi. Besh yil davomida yuridik shaxslardan 4%lik aylanma solig‘i olinadi, fuqarolarning yutuqlari esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.