Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan kam taminlangan, 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar Yagona portal orqali foydalanishlari mumkin.
Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. Ularning miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.
Portalga kirgach qidiruv tizimiga “Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish” kalit so‘zlari kiritiladi va kerakli sahifaga o‘tiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qanday qilib hisob ochish bo‘yicha “Spot” qo‘llanmasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali ariza jo‘natiladi. Bunda, keltirilgan so‘rovnomani to‘ldirish va yuborishi kerak.
Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, arizalar bir oy ichida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.
Bunda ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.
Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki arizani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi portal orqali yuboriladi.
Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi.
Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.
2023-yilning noyabridagi hukumat qarori bilan Yagona portal orqali onlayn ravishda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirish imkoniyati yaratilishi belgilangandi.