Ilon Mask “Supercharger” zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘iga mas’ul bo‘lgan guruhni ishdan bo‘shatdi, deya xabar berdi “The Information”.

Qayd etilishicha, Mask “Tesla” elektr transport vositalarini zaryadlash bo‘yicha katta direktori Rebekka Tinuchchi va uning butun departamenti bilan xayrlashishga qaror qildi.

Shunday qilib, qaror 500 ga yaqin xodimga ta’sir qildi. Ulardan faqat bir nechtasi boshqa “Tesla” jamoalariga o‘tkaziladi.

Aprel oyida kompaniya butun dunyo bo‘ylab xodimlarning 10% dan ko‘prog‘ini qisqartirishini e’lon qildi.

Xodimlarni qisqartirishning ushbu bosqichi zaryadlash tarmog‘ida ishlaydigan jamoaga ta’sir qilmagandi.

“Supercharger” jamoasining tarqatib yuborilishi haqidagi ma’lumotni seshanba kuni Ilon Maskning o‘zi tasdiqladi. Shu bilan birga, u kompaniya o‘zining zaryadlash stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishda davom etishiga ishontirdi.

Ta’kidlanishicha, endi kompaniyaning asosiy e’tibor mavjud punktlarga xizmat ko‘rsatish va allaqachon ishlab chiqilgan joylarda kengaytirishga qaratiladi.


Avvalroq “Spot” “Tesla” bir qator yirik bozorlarda avtomobillari narxlarini pasaytirgani haqida yozgandi.

Ushbu harakat kompaniya joriy yilning dastlabki uch oyida butun dunyo bo‘ylab avtomobil yetkazib berish keskin pasaygani haqida xabar berganidan keyin amalga oshirildi.