“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Samarqand-Tel-Aviv-Samarqand to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarini tiklaydi. Bu haqda avitashuvchi matbuot xizmat xabar berdi.

8-maydan boshlanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Jadval borish (8-may) va qaytish (15-may) (har bir aeroport uchun mahalliy vaqt):

  • Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 18:55, Tel-Avivga yetib kelish — soat 22:25.
  • Tel-Avivdan jo‘nab ketish — soat 23:30, Samarqandga yetib kelish — soat 06:20.

Bir tomonga aviachiptalar narxi 4 mln 561 ming so‘mdan boshlanadi. Narxlar e’lon qilingan paytda amal qiladi.


Avvalroq “Qanot Sharq” Toshkentdan Pragaga aviaqatnovlarni may oyi oxiriga qoldirgani haqida xabar berilgandi.

Aviakompaniya 18-apreldan Toshkent-Praga-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlashi kerak edi.