Mart oyida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin sotuvchi maqomini saqlab qoldi, deya xabar bermoqda “World Gold Council”.
O‘tgan oyda banklar tomonidan qimmatbaho metallarni sotib olishning sof hajmi 16 tonnani tashkil etdi. O‘tgan oyda xaridlar 40 tonnadan, sotish esa 25 tonnadan oshdi. “World Gold Council” oltin bozorida “sog‘lom” talab saqlanib qolmoqda, deb hisoblaydi.
Mart oyida qimmatbaho metalning asosiy xaridori 14 tonna sotib olgan Turkiya bo‘ldi. Hindiston va Xitoy har biri 5 tonnadan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda. Qozog‘iston va Singapur ham kuchli beshlikka kirdi (har biri 4 tonna).
O‘zbekiston mart oyida 11 tonna oltin sotib, Tailand (10 tonna) va Iordaniyani (4 tonna) ortda qoldirdi.
2023-yil oxirida O‘zbekiston qimmatbaho metall sotilishi bo‘yicha Qozog‘istondan bir oz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sof xaridlar bo‘yicha Xitoy yetakchilik qildi, undan keyin Polsha va Singapur.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston xorijga $1,34 mlrdlik oltin sotgan, bu esa eksportning deyarli yarmini ta’minlagan. Umuman olganda, yil boshidan buyon respublika xorijga $2,66 mlrdlik qimmatbaho metallar sotdi (+10,5%).
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshgani haqida yozgandi.
Jahondagi rekord narxlar fonida Markaziy bank 12 tonnadan ortiq qimmatbaho metal sotdi.