“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Qarshiga harakatlanuvchi qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
762/761-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati 8, 9-may kunlari amalga oshiriladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi
- Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33.
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi
- Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Avvalroq Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Elektropoyezd joriy yilning 3, 4, 5-may kunlari harakatlanadi.
15-maydan poyaxtdan Qarshi, Buxoro hamda Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxi oshiriladi. Xususan, ekonom-klass uchun — 20%, biznes-klass — 30% va VIP klass uchun — 40%ga oshirilmoqda.
Bu mazkur elektropoyezdlar uchun ikkinchi marotaba narx belgilanishi bo‘lib, o‘tgan yilning noyabridan chiptalar narxi 60%dan yuqoriroqqa oshirilgandi.