“Apple” buklanadigan qurilmalar ustida ishlashni kuchaytirmoqda. Bu haqda “9to5Mac” nashri xabar berdi.
“Haitong International Securities” tahlilchisi Jeff Pu hisobotida aytilishicha, “Apple” brendi 2025-yil oxirida 20,3 dyuymli buklanadigan qurilmani ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi, 2026-yil oxirida esa buklanadigan iPhone ishlab chiqaradi.
Yangi ma’lumotlar ilgari ma’lum bo‘lgan narsalarga mos keladi. Xususan, Ming-Chi Kuo “Apple” kompaniyasi 20,3 dyuymli buklanadigan ekranli Macbook ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi.
Uning chiqarilishi 2027-yilga mo‘ljallangan. Shuningdek, 2026 yoki 2027-yilda kutilayotgan chiqish sanasi bilan 20 dyuymli buklanadigan gibrid qurilmani ishlab chiqish haqida gapirdi.
“Bloomberg” muxbiri Mark Gurman sanalarni ko‘rsatmasdan turib, “Apple” “buklanadigan ikki ekranli MacBook yoki iPad gibridini o‘rganayotganini” eslatib o‘tdi.
Avvalroq “Apple” buklanadigan iPhone prototiplarini ishlab chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, “Apple” to‘qqiz dyuymli displeyli iPad Mini o‘lchamidagi yig‘iluvchi planshet ustida ham ishlamoqda.
Avvalroq “Spot” “Apple” 2024-yilda o‘zining sun’iy intellektini taqdim etishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya bu yil iOS, iPadOS va macOS’da mazkur sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin.