“Honda” Kanadaning Ontario shahrida elektromobillar ishlab chiqaradigan sanoat majmuasiga $11 mlrdlik sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda “CNBC” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning qayd etishicha, Shimoliy Amerikadagi yangi EV-markazi akkumulyatorlarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodlarini va to‘liq elektr, vodorod va yoqilg‘i elementlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi.
“Honda” birinchi avtomobillar 2028-yilda konveyerdan chiqishini aytdi. Ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi bilan korxona yiliga 240 ming donagacha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sarmoya “Honda” kompaniyasiga 2040-yilga borib to‘liq elektr va yonilg‘i xujayrasi avtomobillarini ishlab chiqarish maqsadiga erishishda katta yordam berishi kutilmoqda.
“Honda"ning ta’kidlashicha, sarmoyalar Shimoliy Amerikada elektromobillarga bo‘lgan talabning kelajakda o‘sishiga qaratilgan. Akkumulyator zavodi yiliga 36 GVt/soat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida kamida 1000ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo matbuot anjumani chog‘ida Honda’ning 15 mlrd Kanada dollari sarmoyasi mamlakat avtosanoati tarixidagi eng yirik sarmoya ekanligini aytdi.
Kompaniya Kanada hukumatidan 2,5 mlrd Kanada dollarigacha soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar olishi kutilmoqda.
Avvalroq “Spot” “BMW” Xitoydagi zavodiga qariyb $2,8 mlrd sarmoya kiritishi haqida yozgandi.
Ushbu mablag‘ zavodni modernizatsiya qilish va eng yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltiriladi.