“Hyundai” kompaniyasi AQShda 13 mingta avtomobilini qaytarib olishini e’lon qildi. Buning sababi chiqindi gazlarni chiqarish tizimida topilgan nuqson edi. Bu haqda “Actual News” portali xabar berdi.
Muammo haydovchilar va yo‘lovchilarning hayotiga tahdid solishi bilan birga, avtomobillarda dvigatellarning kutilmagan to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli “Hyundai” 2024-yilgi 7349ta “Elantra”, 2364ta “Venues” va 3798ta “Konas” modellarini qaytarib oladi.
Ushbu mashinalar noto‘g‘ri EGR sensori bilan jihozlangan bo‘lishi, bu esa quvvat blokining qisqa tutashuviga va to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi barcha avtomobillarda valf qismlarini almashtirish niyatida. Bu transport egalari uchun bepul amalga oshiriladi.
Avvalroq “Spot” “Tesla” 3800dan ortiq “Cybertruck” elektromobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga gaz pedalidagi nosozlik sabab bo‘lgan.