“Microsoft” mashhur sun’iy intellekt “GPT-4” sun’iy intellekti va “Google Gemini” modellariga raqobatchi bo‘ladigan o‘zining chat-botini chiqarmoqchi. Neyron tarmoq “MAI-1” nomini oldi, deb yozadi “The Information” nashri.

Loyiha rahbari Mustafo Sulaymon bo‘lib, u ilgari “Google AI"ni boshqargan va ayni paytda “Inflection AI” startapining bosh direktori bo‘lgan.

O‘tgan mart oyida “Microsoft” kompaniya xodimlarining ko‘p qismini va intellektual mulkni $650 mlnga sotib oldi

“Inflection” ishlanmalari yangi neyron tarmoqni o‘rgatish uchun ishlatiladi. Buning uchun internetdagi ommaviy ma’lumotlar ham qo‘llaniladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAI-1 500 milliardga yaqin parametrlarni oldi. Misol uchun, bu 3,8 milliard parametr olgan “Microsoft Phi-3” “Mini AI"ning so‘nggi modelidan sezilarli darajada ko‘p.

“MAI-1” “GPT-4” va boshqa yirik neyron tarmoqlariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Microsoft” yangi sun’iy intellekt modelining aniq maqsadini hali aniqlamagan.

Bu neyron tarmoqning ishlashiga bog‘liq. Ehtimol, ishlab chiquvchilar “MAI-1"ni 21−23-may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Build” konferensiyasida taqdim etishadi.

Tadbirda “Microsoft” o‘zining sun’iy intellekt mahsulotlari haqida gapirishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Opera” brauzeri Androidda ishlaydigan qurilmalar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Brauzerning Aria aqlli yordamchisi internetdagi istalgan sahifa mazmunini qayta aytib bera oladi va kontentni bitta qisqacha xulosaga birlashtirish imkonini beradi.