“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Nukusdan Olmaotaga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Nukus-Olmaota-Nukus yo‘nalishidagi aviaqatnovlar joriy yilning 1-iyunidan boshlanib, haftda ikki kun — chorshanba va shanba kunlari harakatlanadi.
Aviareyslar quyidagi jadvalga asosida (mahalliy vaqt bilan) amalga oshiriladi:
- Nukusdan jo‘nab ketish- soat 10:05, Olmaotaga yetib kelish — soat 12:15;
- Olmaotadan jo‘nab ketish soat — 13:15, Nukusga yetib kelish — soat 15:45.
Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 064 000 so‘mdan, borish qaytish bo‘yicha esa 1 849 000 so‘mdan boshlanadi.
Aviakompaniya 1-iyundan Nukusdan Istanbulga ham parvozlarni boshlaydi. Muntazam reyslar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.
3-iyundan Qozog‘istonning “FlyArystan” aviakompaniyasi Olmaotani Nukus bilan bog‘laydi. Parvozlar dushanba, chorshanba va juma kunlari olib boriladi.
Avvalroq “Qanot Sharq” Toshkentdan Pragaga aviaqatnovlarni may oyi oxiriga qoldirgani haqida xabar berilgandi.