“YouTube” foydalanuvchilarga videoni eng qiziqarli joyini orqaga qaytarish imkonini beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “9to5google”.

Yangi funksiya sun’iy intellektga asoslangan bo‘ladi va bu funksiyadan faqat pulli “YouTube” Premium obunachilari foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Videoni eng qiziqarli lahzaga qaytarish uchun videoni ikki marta bosish kerak, so‘ngra maxsus qalqib chiquvchi tugma bosilanida, video eng ko‘p ko‘rilgan paytdan boshlab ko‘rsatila boshlaydi.

Yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish hozircha faqat AQSH foydalanuvchilari uchun ingliz tilida Android smartfonlarida mavjud.

Sinovni ishga tushirish 2024 yil mart oyida boshlangan. Joriy eksperimentni 1-iyunda yakunlash rejalashtirilgan, shundan so‘ng kompaniya uni kelgusida amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” pauza paytida reklamalarni namoyish qilishni boshlashi haqida yozgandi.

Lekin play tugmasi bosilsa, reklama avtomatik ravishda yo‘qoladi, bu videoni tomosha qilishni davom ettirish imkonini beradi.