“Science Alert” ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada simsiz qurilma prototipi yordamida o‘tkazilgan 6G demo sinovi ma’lumotlar uzatish tezligini 100 Gbit/sni ko‘rsatdi. Bu haqda “24KZ” nashri xabar berdi.
Bu bir soniyada 8 ta filmni yuklab olish uchun yetarli, deydi mutaxassislar.
Qayd etilishicha, bu eng yuqori 5G tezligidan 10 barobar va o‘rtacha 5G telefonidan 500 barobar tezroq.
Ularning fikricha, texnologiya hali prototip bosqichida. Uning amalga oshirilishi ushbu o‘n yillikning oxirigacha kutilmaydi.
Qayd etilishicha, tijoriy 6G tarmoqlarini joriy etish 2030-yildan erta bo‘lmasligi kutilmoqda.
Tarmoq nafaqat mobil internet tezligini oshiradi, balki katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni talab qiluvchi tizimlarni, masalan, uchuvchisiz transport vositalarini va boshqalarni boshqaradi.
5G'ning hozirgi avlodi oddiy foydalanuvchi uchun yetarli bo‘lishiga qaramay, yangi texnologiya tijorat sohasida keng qo‘llanilishini topadi.
Masalan, avtonom transport vositalarini boshqarish, bemorlarning ahvolini kuzatish uchun kechiktirmasdan va tibbiyot sohasida 3D aloqani rivojlantirish.
Avvalroq “Spot” Xitoyda eng tezkor internet ishga tushirilgani haqida yozgandi.
U sekundiga 1,2 terabit (1200 gigabit) ma’lumotlarni uzatish tezligiga ega bo‘lib, bu bir soniyada HD formatda 150 ta filmni uzatishga teng hisoblanadi.