Angliya banki asosiy foiz stavkasini yillik 5,25% darajasida saqlab qoldi. Bu haqda regulyatorning veb-saytida e’lon qilindi.
Pul-kredit siyosati qo‘mitasi a’zolarining ko‘pchiligi ushbu qaror uchun ovoz berdi, ikki nafari stavkani 0,25% punktga, 5%ga kamaytirishni yoqladi.
Regulyatorning bayonotida aytilishicha, qo‘mita pul-kredit siyosatini inflyatsiyaning 2% maqsadiga mos keladigan tarzda belgilaydi va iqtisodiy o‘sish va bandlikni saqlashga yordam beradi.
Xizmatlar uchun iste’mol narxlarining o‘sishi mart oyida sekinlashdi, lekin yuqori darajada — 6% ni saqlab qoldi, deb xabar beradi Angliya banki.
Regulyatorning prognoziga ko‘ra, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 1,9%ga, 2027-yilda esa 1,6%ga tushadi.
Biroq, Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yili o‘rtacha darajada zaiflashganidan so‘ng, 2024-yilning birinchi choragida 0,4%ga, ikkinchi chorakda esa 0,2%ga o‘sishi kutilmoqda
2024 va 2025-yillarda regulyatorning prognoziga ko‘ra, iqtisodiy faollikning pasayishi sodir bo‘ladi va kelajakda ham davom etadi.
Bu qisman pul-kredit siyosatining davom etayotgan cheklovchi xususiyatini aks ettiradi, deya izohladi Markaziy bank.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani haqida yozgandi.