“TikTok” sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvir va videolarga yorliq qo‘yadi, deya xabar berdi “Reuters”.

Qayd etilishicha, yangilik ijtimoiy tarmoqlarda shaffoflikni oshirishga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoq allaqachon ilovaga o‘rnatilgan vositalardan foydalangan holda neyron tarmoq tomonidan yaratilgan tarkibni mos ravishda belgilab qo‘ygan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, uchinchi tomon sun’iy intellekt xizmatlari tomonidan yaratilgan video va fotosuratlar yorliqlanadi.

Yorliqlash kontentning kelib chiqishi va haqiqiyligini tasdiqlovchi “Content Credentials” texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi.

Neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan materiallar maxsus “sun'iy intellektda yaratilgan” yorlig‘i bilan belgilanadi.

Bunday avtomatik yorliqlash allaqachon “OpenAI”, “Adobe” va “Microsoft” kabi gigantlar tomonidan amalga oshirilgan. “Google” tez orada ularga qo‘shilishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “TikTok” foto almashish uchun “TikTok Notes” ilovasini ishga tushirishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ilova orqali foydalanuvchilar o‘z fotosuratlarini chop etishi mumkin bo‘ladi.