“WhatsApp” jamoasi messenjerning yangi dizaynini rasman e’lon qildi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Ilova hozircha faqat Android va iPhone’da o‘zgartirilgan. Messenjerning kompyuter versiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.

Endi messenjerning iOS va Android versiyalari bir xil ko‘rinishga ega. Ilgari ilovalar turli operatsion tizimlarda bir oz boshqacha edi.

dizayn, whatsapp, yangilanish

Asosiy ekranning yuqori qismidagi qidiruv belgisi o‘rniga to‘liq sarlavha paydo bo‘ldi. Ushbu sarlavha chatlarda xabarlar va fayllarni qidirish imkonini beradi.

Shuningdek, quyidagi yangilanishlar kiritildi:

  • yangi animatsiyalar paydo bo‘ldi va “Sozlamalar” bo‘limidagi piktogrammalar o‘zgartirildi;
  • Android’dagi qorong‘u mavzu yanada ziddiyatli bo‘ldi;
  • Android’da yangi navigatsiya paneli mavjud.
  • iOS’da suratlar, videolar va hujjatlarni yuborish interfeysi o‘zgardi.

Avvalroq “WhatsApp"da yangi tezkor javob tugmasi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, u messenjerning Android versiyasida media fayllar bilan ishlash uslubini o‘zgartiradi.