“Microsoft” kompaniyasi “Windows 11” operatsion tizimida “Boshlash” menyusining yangi ko‘rinishini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, operatsion tizimda “suzuvchi” vidjetlar paydo bo‘ladi.

Funksiya “Boshlash menyusi hamrohlari” deb nomlanadi. Ishlab chiquvchilar o‘z dasturlariga ochiq panel yoniga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan maxsus oynalar ko‘rinishidagi funksiyalarni qo‘shishlari mumkin.

Misol uchun, bunday kartalar ob-havo yoki foydalanuvchi uchun foydali bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatishi mumkin.

vidjet, windows 11, microsoft

Vidjetlarning ishlashini “Shaxsiylashtirish” bo‘limidagi “Windows 11” sozlamalari orqali boshqarish mumkin. U yerda individual kartalarni o‘chirib qo‘yish mumkin.

“Albacore” ma’lumotlar konchisi ta’kidlaganidek, vidjetlar internet bilan ishlashga qaratilgan bo‘ladi.

Hozircha yangi funksiya “Windows 11 Insider Beta” (26212) operatsion tizimida mavjud. Ehtimol, yaqin kelajakda funksiya operatsion tizimning asosiy versiyasiga qo‘shiladi.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” “GPT-4” va “Google Gemini"ga raqobatchi sun’iy intellektini chiqarishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, neyron tarmoq juda ko‘p parametrlarni oladi. Yangi sun’iy intellekt modeli haqida yangiliklar yaqin haftalarda taqdim qilinadi.