Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
11−12 may kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritadi:
- “Milliy bank”;
- "Hamkorbank";
- "Tengebank"
- "Sanoatqurilishbank";
- "Garant bank";
- "Infin bank";
- "Ipoteka bank";
- "Asia Alliance bank";
- "Agrobank"
- "Hayotbank".
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Avvalroq Markaziy bank 9ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘llagani haqida xabar berilgandi. Yana 16ta bank va 2ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.