Qirg‘iziston Milliy banki 10-maydan boshlab nominal qiymati 5 ming so‘m bo‘lgan yangi banknotni muomalaga kiritdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2023-yilgi namunadagi banknotaning old tomonida taniqli qirg‘iz aktyori va rassomi Suymenqul Cho‘qmorovning portreti, orqa tomonida esa “Ala-Too” kinoteatri binosi saqlanib qolgan. Banknotning asosiy rangi va o‘lchami ham o‘zgarishsiz qoldi.
5 ming so‘mlik banknot qalbakilashtirishdan ishonchli himoyani ta’minlovchi zamonaviy xavfsizlik elementlarining uch darajali majmuasini o‘z ichiga oladi.
Milliy bank milliy valyutadagi barcha banknotalar mamlakatda rasmiy to‘lov vositasi maqomiga ega bo‘lib, chiqarilgan yilidan qat’i nazar, to‘lov vositasi sifatida majburiy qabul qilinishi lozimligini eslatdi.
Avvalroq “Spot” Dubayda oltin banknota muomalaga chiqarilgani haqida yozgandi.
Banknot 0,1 gramm 24 karatlik oltindan iborat qog‘ozdan tayyorlangan bo‘lib, lekin to‘lov vositasi hisoblanmaydi.