“Brent” neft narxi bir barrel uchun $82,43gacha tushdi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.
Seshanba kuni kechqurun AQShda ishlab chiqaruvchilar narxlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin neft narxining pasayishi kuchaydi.
Londonning “ICE Futures” birjasida “Brent"ning iyul fyucherslari Moskva vaqti bilan 17:42 holatiga ko‘ra $0,93ga (1,12%ga) arzonlashib, bir barrel uchun $82,43 ni tashkil qildi.
Nyu-York tovar birjasida iyun oyidagi “WTI” fyucherslari narxi $0,99ga (1,25%ga) pasayib, bir barrel uchun $78,13ni tashkil qildi.
AQShda ishlab chiqaruvchilar narxlari (PPI indeksi) aprel oyida yillik hisobda 2,2%ga o‘sdi, bu yil uchun eng tez sur’atdir, deb xabar berdi mamlakat Mehnat departamenti.
Ko‘rsatkich “Trading Economics” tomonidan taqdim etilgan ekspert konsensus prognoziga to‘g‘ri keldi.
2-aprel kuni “Brent” neftining narxi 2023-yil oktabr oyidan beri birinchi marta $88dan oshgandi.
Qayd etilishicha, narx kotirovkalari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan OPEK+ yig‘ilishi oldidan ko‘tarildi.