“OpenAI” kompaniyasi taqdimotda “GPT-4o” (o — omni) generativ modelini e’lon qildi. U barcha “ChatGPT” foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning texnik direktori Meera Muratining so‘zlariga ko‘ra, “GPT-4o” audio, matn va tasvirlar bilan ishlash qobiliyatini yaxshilaydi.
“ChatGPT” allaqachon ovozli suhbatlarni qo‘llab-quvvatlagan, ammo “GPT-4o” yordamida foydalanuvchilar chatbot bilan “yordamchi kabi” muloqot qilishlari mumkin.
https://twitter.com/openai/status/1790072174117613963
Misol uchun, demo paytida ma’ruzachilar biror narsani aniqlashtirish uchun chat-botning javobini to‘xtatishi imkoni mavjud.
Botning o‘zi ma’ruzachining his-tuyg‘ularini ko‘rsata oladi, agar so‘ralsa, turli intonatsiyalar bilan javob berishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bot real vaqtda bir tildan boshqa tilga tarjima ham qila oladi.
Avvalroq “Spot” “Apple” “ChatGPT"ni iOS’ning yangi versiyasida joriy qilishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya iOS 18 operatsion tizimining keyingi versiyasida “ChatGPT"dan foydalanadi.