Toshkentda o‘tkaziladigan “PizzaPitch FinTech” loyihasiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda hamjamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
BMT Taraqqiyot dasturi va “Digital Finance” akseleratsiya markazi yordamida o‘tkaziladigan tadbir startap jamoalari uchun o‘z loyihalarini mahalliy va xalqaro tadbirkorlar hamda startap ekotizimi a’zolariga taqdim etishga qaratilgan.
Unda FinTechdan tashqari, elektron tijorat va EdTech sohalari bo‘yicha ham loyihalar ishtirok etishlari mumkin.
Barcha ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- loyiha g‘oyasini ulashish va notiqlik tajribasi;
- loyiha tahlilini olish va unga innovatsiyalarni kiritish;
- investorlarni jalb qilish;
- bilimlarni oshirish;
- hamfikrlar bilan uchrashish va o‘zaro aloqalar o‘rnatish.
Tadbirda 3ta eng yaxshi loyiha “PizzaPitch XL"ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Bunda 2ta loyiha kvalifikatsiya bosqichiga o‘tadi, 1ta loyiha esa final bosqichga yo‘l oladi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Loyiha 25-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq “Silkway Accelerator” dasturining beshinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.