15-may kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12727,96 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 17,01 so‘mga oshdi.
Dollar kursi joriy yilning 22-aprel kuni 21 so‘mga oshib, 12711 so‘mga yetdi. Undan keyin, 10-may kuni AQSh valyutasi kursi rekordni yangilab, 12718 so‘mga tashkil etdi.
Yil boshidan buyon milliy valyuta Amerika valyutasiga nisbatan deyarli 2,9%ga qadrsizlandi. So‘mning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9%ga pasayib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi.
Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘mning dollarga nisbatan devalvatsiyasi birinchi chorakda oshganiga izoh bergandi. Bunga valyutaga bo‘lgan talab ekanligi qayd etildi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.