Elektrotexnika mahsulotlarining eng kam eksport narxlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining yig‘ilishi bayoni bilan belgilandi.
Guruh rahbari etib Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov tayinlandi. Uning o‘rinbosari — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov bo‘ladi.
Shu bilan birga, ishchi guruh tarkibiga quyidagilar ham kiradi:
- Tohir Sharipov — “Procab” ta’sischisi;
- Farrux Umarov — “Uzkabel” rahbari;
- Bahriddin Boboev — “Artikul Aziya Kabel” rahbari;
- Adham Tadjixodjayev — “Techno Cable Grup” rahbari;
- Umid Islam — “Yuqori Chirchiq Energy System” rahbari;
- Alisher Qurbonov — “Angren Pipe Plant” rahbari;
- Anvar Nodirxonov — “Metal Processing Technology” rahbari;
- Farrux Sharopov — “Sharq Tubes” rahbari;
- Shoxrux Ruzikulov — “Artel Electronics Manufacturing” rahbari;
- Sohib Azimov — “Ideal Elektro Luks” rahbari;
- Akmal Axmedov — “Sam-Ferre” rahbari;
- Davron Abdalov — “Premier Electrotech” rahbari.
Hukumatning 15-maydagi qarori bilan elektrotexnika hamda to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlarining minimal eksport narxlari belgilandi. Eng kam narx rejimini buzganlik uchun eksportyorlarni daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.