“Google” '"I/O 2024″ konferensiyasida matn tavsiflari asosida qisqa videolar yaratish uchun o‘zining birinchi neyron tarmog‘ini taqdim etdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Sun’iy intellekt modeli “Veo” deb nomlanadi va u “OpenAI'ning “Sora” neyron tarmog‘i bilan asosiy raqobatchisiga aylanishi kutilmoqda.

“Veo” 1080p piksellar sonida 8 dan 60 soniyagacha uzunlikdagi videolarni yarata oladi.

Neyron tarmoq uchun so‘rov nafaqat matn, balki fotosurat va hatto boshqa video ham bo‘lishi mumkin.

Masalan, foydalanuvchi qushning fotosuratini yuklashi va sun’iy intellekt modelidan uni jonlantirishni so‘rashi mumkin.

Hozircha “Veo"ga kirish cheklangan. Neyron tarmoqni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar labs.google havolasi orqali kutish ro‘yxatiga qo‘shilishlari mumkin.

Sun’iy intellekt video generatorining to‘liq chiqarilishi 2024-yil oxirida sodir bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Google Photos” videolarni yaxshilash imkonini beruvchi yangi funksiyani qo‘shishi haqida yozgandi.

Funksiya tegishli tugmani bir marta bosish orqali videodagi yorqinlik, kontrast, to‘yinganlik va boshqa sozlashlarni avtomatik ravishda yaxshilaydi.