14-may kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Ermek Marjikpayev chet ellik sayyohlar uchun viza joriy etish rejalari haqida gapirdi, deb xabar berdi “Zakon.kz” muxbiri.
Ermek Marjikpayev viza olish tartib-qoidalarini raqamlashtirish va soddalashtirish orqali viza va migratsiya rejimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
“Manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda xorijiy fuqarolar uchun “Neo Nomad Visa"ni joriy etish, ularga mamlakatda uzoq muddatga qolish huquqini berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu chorani amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samara yiliga 3 mlrd tengedan ortiqni (salkam $6,8 ml) tashkil qiladi. Hozirda “Neo Nomad Visa"ni joriy qilish mexanizmi ishlab chiqilib, tegishli davlat organlariga yuborildi”, — dedi vazir.
Uning qayd etishicha, yangi viza yil oxirigacha joriy etilishi mumkin.
Umuman olganda, uning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Qozog‘istonga 9,2 mln xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan, bu 2022-yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Mamlakat ichida 9,6 mlndan ortiq qozog‘istonlik sayohat qilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yildan 1 mln kishiga oshadi.
Avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston mamlakatga kirish talablarini soddalashtirgani haqida yozgandi.
Endilikda ikki mamlakat fuqarolari bir-birining hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishlari mumkin.