Joriy yilning dastlabki uch oyida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,7%ga oshgan. Fuqarolar eng ko‘p borgan mamlakat Qirg‘iziston bo‘ldi. — 559,1 ming nafar.
Undan keyingi top-3likda Tojikiston (260,8 ming nafar) va Qozog‘iston (184,1 ming nafar) turibdi.
Bundan tashqari 70,6 ming nafar sayohatchi bilan Saudiya Arabistoni, 50,3 ming nafari bilan esa Rossiya kuchli beshlikni yakunladi.
Yanvar-mart oylarida fuqarolar BAA (38,5 ming nafar), Turkiya (34,4 ming nafar), Quvayt (13,8 ming nafar), Misr (8,2 ming nafar), Tailand (6,2 ming nafar) va boshqa (37,1 ming nafar) mamlakatlarga safar qilishgan.
Uch oyda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 1,5 mlndan oshdi. Eng ko‘p sayyohlar oqimi 536,5 ming nafar bilan Tojikistonga to‘g‘ri keladi.
Fuqarolar vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan davlatlar soni 31taga yetdi. Ular orasida BAA, Eron, Gruziya, Ozarbayjon hamda Qatar kabi mamlakatlar bor.
Bundan tashqari, 28ta davlatga kirgach, 15ta davlatga esa elektron viza olish mumkin.