“TUIT Bright Future Week” tanlovlar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan “United Clean Coders” hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo‘lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a’zo bo‘lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi kerak.

Hakaton quyidagi uchta bosqichda o‘tkaziladi:

  • ishtirokchilar va jamolarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • ishtirokchilar tekshiruv ro‘yxatini shakllantirish — jamoalar va g‘oyalar tanishuvi;
  • jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko‘rinishi — yakuniy taqdimot va baholash.

Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda “Clean code” tamoyillariga e’tibor beriladi.

Haftalik 21−23 may kunlari Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkaziladi. Hakaton universitetning E binosida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun joriy yilning 20-mayigacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumotlarni +998 33 100 22 75 va 573 22 31 raqamlaridan yoki “Telegram"adgi @ucc_hackathon_community guruhidan olish mumkin.


Avvalroq Toshkentda o‘tkaziladigan “PizzaPitch FinTech” loyihasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.