Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati joriy yilda Buyuk Britaniyaga ishlash uchun jo‘natilgan fuqarolar haqida ma’lumot berdi.
O‘tgan davrda O‘zbekistondan vaqtinchalik ishlash uchun ketganlar soni 1530 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, yil yakunigacha mazkur ko‘rsatkichni 4 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.
14-may kuni 104 nafar fuqaro mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun mazkur mamlakatga jo‘nab ketdi. Ularga $1500−2000 miqdorida oylik maosh beriladi.
Vazirlikning qayd etishicha, Buyuk Britaniyada ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga $1500−2000 miqdorida oylik maosh taqdim etiladi.
Britaniyada ishlab qaytgan fuqarolarga to‘lagan soliqlari qaytarib beriladi. Hozirda 2023-yilgacha ishlaganlardan arizalar qabul qilinmoqda. 2024-yilda ishlab qaytganlarga esa to‘lagan soliqlari 2025-yilda qaytarib berilishi rejalashtirilmoqda.
10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Buyuk Britaniyaga ishga jalb qilinadi. Yil boshida fuqarolar mavsumiy ishlarga taklif etilgandi.
Avvalroq yil yakunigacha 300 ming nafar mehnat migrantining O‘zbekistonga qaytishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Dastlabki uch oyda xorijda vaqtincha ishlayotgan 115 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytib kelgan.