Markaziy bankning 16-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12727 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 14-may kuni belgilangan 12710 so‘m qiymatga nisbatan 17 so‘m 1 tiyinga oshdi.
16-may kuni “Infinbank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Xalq banki” va “O'zsanoatqurilishbank"da sotish kursi 12790 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12780 so‘mdan 12740 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12720 so‘mdan 12650 so‘mgacha yetdi.