Yil davomida Nijniy Novgoroddan O‘zbekistonga sayyohlar soni oshdi. Bu haqda “Kommersant” nashri aeroport matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, yo‘lovchi tashishning eng sezilarli o‘sishi Sharm-el-Shayxga (+59%) va Maxachqal’aga (+10%) to‘g‘ri keldi.

27-apreldan 12-maygacha Nijniy Novgorod aeroporti 64,4 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12%ga ko‘p.

Yo‘lovchilarning aksariyati Rossiya (49 ming) bo‘ylab uchgan. May oyidagi bayramlarda eng mashhur yo‘nalishlar Moskva, Sankt-Peterburg, Antaliya (Turkiya), Sochi va Sharm-al-Shayx (Misr) bo‘ldi.

Yo‘lovchi tashish va jo‘nab ketish bo‘yicha aeroportning eng gavjum kuni 12-may bo‘lib, 4,8 ming yo‘lovchiga va 52 ta reysga xizmat ko‘rsatildi.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Samarqand-Nijniy Novgorod yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ikki shahar o‘rtasidagi parvozlar 9-maydan boshlanib, haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.