Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.
Poytaxtda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. O‘tgan oyda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan o‘rtacha 0,9%ga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa o‘rtacha 1,12%ga pasaygan.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi
Aprel oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali turar joy uchun taklif etilgan ijara narxlari martga nisbatan o‘rtacha 1,4%ga pasayib, $386ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 0,4%ga pasaygan va $434gacha tushgan.
Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali turar joylar uchun narxlar mos ravishda 1,3% va 0,6%ga pasaygan hamda o‘rtacha narxlar $507 va $587ni tashkil etgan.
O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda taklif etilgan:
- Sergeli: 1 xonali — $350, 2 xonali — $384, 3 xonali — $429, 4 xonali — $441;
- Olmazor: 1 xonali — $361, 2 xonali — $408, 3 xonali — $449, 4 xonali — $477.
Ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatildi:
- Shayxontohur: 1 xonali — $412, 2 xonali — $449, 3 xonali — $524, 4 xonali — $627;
- Mirobod: 1 xonali — $457, 2 xonali — $518, 3 xonali — $612, 4 xonali — $798.
To‘liq ta’mirlangan uy-joy ijarasi
Aprel oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali turar joylar uchun o‘rtacha ijara narxi $467ni tashkil etib, o‘tgan mart oyidagiga nisbatan 0,8% tushgan bo‘lsa, 2 xonali turar joylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $631ni va 2,1%ni tashkil etgan.
Shuningdek, 3 xonali turar joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($784) ham biroz (%0,4) pasayish kuzatildi.
Shu bilan birga, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali turar joylar o‘rtacha ijara narxlari ham 1,1% tushib, $901gacha pasaygan.
To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda qayd etildi:
- Uchtepa: 1 xonali — $392, 2 xonali — $484, 3 xonali — $619, 4 xonali — $736;
- Chilonzor: 1 xonali — $413, 2 xonali — $512, 3 xonali — $652, 4 xonali — $774.
Mazkur turkumdagi eng qimmat ijara narxlari esa quyidagi tumanlarga to‘g‘ri keladi:
- Shayxontohur: 1 xonali — $557, 2 xonali — $846, 3 xonali — $1069, 4 xonali — $1068;
- Mirobod: 1 xonali — $541, 2 xonali — $839, 3 xonali — $1028, 4 xonali — $1093.
Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlili aprel oyida ijara narxlari pasayishda davom eayotganini, ikkilamchi uy-joy narxlarining esa o‘sishi tezlashganini qayd etgandi.