Avvalroq Toshkent shahridagi chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishi haqida xabar berilgandi.

Poytaxtd hokimligi ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan chorrahalar va ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentdagi 32ta chorraha hamda 17ta ko‘chada ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.

Quyida ularning ro‘yxati batafsil keltirilgan:

Chorrahalar:

  • Bunyodkor shohko‘chasi — Qatortol-2;
  • Shota Rustaveli — Cho‘ponota;
  • Shota Rustaveli — Bobur;
  • Cho‘ponota — Bog‘ibo‘ston;
  • Cho‘ponota — Sa’diy Sirojiddinov;
  • Cho‘ponota — Arnasoy;
  • Cho‘ponota — Chilonzor;
  • Cho‘ponota — Qatortol;
  • Amir Temur — Osiyo;
  • Amir Temur — Bog‘ishamol;
  • Amir Temur — Iftixor;
  • Amir Temur — Shahriston;
  • Mirzo Ulug‘bek — Parkent;
  • Mirzo Ulug‘bek — Mahtumquli;
  • Muqumiy — Qatortol;
  • Muqumiy — Chilonzor;
  • Muqumiy — Arnasoy;
  • Muqumiy — Shohjahon;
  • Mahtumquli — KHAY;
  • Mahtumquli — Sodiq Azimov;
  • Mahtumquli — Yahyo G‘ulomov;
  • Mahtumquli — Shahrisabz;
  • Nurafshon — Sag‘bon;
  • Nurafshon — Farobiy;
  • Nurafshon — Beruniy;
  • Nurafshon — Qorasaroy;
  • KHAY — Sariko‘l;
  • Yangi Sergeli — Choshtepa;
  • Sag‘bon — Farobiy — Saqchimon;
  • Gavhar — Dumbirobod;
  • Mo‘minov — Do‘rmon yo‘li;
  • Shifokorlar — Farobiy.

Ko‘chalar:

  • Bobur;
  • Furqat;
  • Lutfiy;
  • Shota Rustaveli;
  • Beshqayrag‘och;
  • Feruza;
  • Yuzrabot;
  • Saqchimon;
  • Laylito‘g‘on;
  • Zarqaynar;
  • KHAY;
  • Osiyo;
  • Qorasaroy;
  • Sag‘bon;
  • Shahrisabz;
  • Parkent;
  • Pahlavon Mahmud ko‘chasidan Chkalov ko‘chasigacha.

Ishlarning asosiy qismi joriy yilning may oyidan sentabrigacha — maktablar va oliy o‘quv yurtlaridagi ta’til davrida amalga oshiriladi.

Hokimlik matbuot xizmati haydovchilar va piyodalar uchun noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish maqsadida ishlar asosan tungi vaqtda amalga oshirilishini yana bir bor qayd etdi.

2024-yilda Toshkentning ayrim ko‘chalarida pullik to‘xtash joylarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Kelgusi ikki yilda 20 ming pullik avtoturargohlar tashkil etiladi. To‘xtash joylarining narxi soatiga 3 ming so‘m etib belgilanadi.