“TikTok” ayrim bozorlardagi cheklangan foydalanuvchilar guruhiga 60 daqiqagacha bo‘lgan videolarni yuklashga ruxsat berdi, deb yozadi “TechCrunch”.
Kompaniya ushbu xususiyatni keng ommaga taqdim etishni darhol rejalashtirmaganligini aytdi.
“TikTok” ishga tushirilganda atigi 15 soniyali videolarni yuklashga ruxsat berdi, biroq vaqt o‘tishi bilan bu chegara oshdi.
2023-yil oktabrida xizmat joriy 10 daqiqa o‘rniga 15 daqiqa davom etadigan videolarni yuklashni sinovdan o‘tkazayotganini aytdi.
2024-yil yanvarida ba’zi foydalanuvchilar yarim soatlik videolarni yuklab olishlari mumkinligini payqashgan, biroq kompaniyaning o‘zi bu ma’lumotga izoh bermagan.
“TechCrunch"ning ta’kidlashicha, soatlik cheklov bilan “TikTok” “YouTube” bilan yanada ko‘proq raqobatlashadi.
Nashrning fikricha, xizmat mualliflarni ushbu saytdan uzoqlashtirishni rejalashtirmoqda.
2022-yilda “YouTube” bilan raqobat sharoitida ijtimoiy tarmoq gorizontal to‘liq ekran rejimini sinovdan o‘tkaza boshladi.
Avvalroq “Spot” “TikTok” yangi qidiruv imkoniyatlariga ega bo‘lishi haqida yozgandi.
Buning uchun ishlab chiquvchilar neyron tarmoq imkoniyatlarini qo‘shadi. “ChatGPT” foydalanuvchilarga ko‘proq foydali ma’lumotlarni olishga yordam beradi.