O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda 1200 nafar fuqaroni mamlakatdagi avtomobil zavodi ishga qabul qilmoqda.

Oylik maosh — 900 yevron. Ish hajmiga qarab turli bonuslar beriladi, xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Ish haftasiga 5 kunni tashkil etadi. Nomzodlar (erkak) 18−50 yosh oralig‘ida bo‘lishi va rus tilini yaxshi bilishlari kerak.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.

Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydi.

Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar 20-may soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq joriy yilda 1500dan ortiq o‘zbekistonliklar ishlash uchun Britaniyaga jo‘natilgani haqida xabar berilgandi.