Avstraliya aloqa va ommaviy axborot vositalari boshqarmasi 3G smartfonlaridan foydalanuvchi uyali aloqa operatorlarini ushbu texnologiya mamlakatda o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “ferra.ru” nashri xabar berdi.

Shu bilan birga, 4G'ni qo‘llab-quvvatlaydigan ba’zi qurilmalarda ulanish ham yo‘qolishi mumkin.

Boshqarma 3G tarmog‘ining uzilishi muqarrar ravishda abonentlarning qo‘ng‘iroq qilish, matnli xabarlar yuborish va barcha aloqa funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yo‘qotishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Avstraliyaning yetakchi operatorlari “Telstra” va “Optus” yil oxirigacha 3G tarmog‘ining o‘chirilishini e’lon qildi.

“TPG Telecom” nomi bilan tanilgan “Vodafone” o‘z tarmoqlarida 3G tarmog‘ining o‘chirilishini allaqachon yakunlagan.

Lekin nafaqat 3G'li smartfon foydalanuvchilari aloqani yo‘qotishi mumkin, balki “VoLTE” funksiyasisiz 4G'ni qo‘llab-quvvatlaydigan, qo‘ng‘iroqlar uchun 3G'dan foydalanadigan qurilmalar ham aloqani yo‘qotadi.


Avvalroq “Spot” Rossiya 3G aloqa tarmoqlaridan voz kechishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, Raqamli rivojlanish vazirligi 2027-yilda butun Rossiya bo‘ylab 3G tarmog‘ini o‘chirib qo‘yish taklifini bergan. Bo‘shatilgan radiochastota resursidan zamonaviyroq 4G va 5G uchun foydalaniladi.