“Telegram” asoschisi Pavel Durov xabarlar tilga olingan barcha ommaviy kanallar bo‘ylab xabarlarni qidirish uchun xeshteglar ishga tushirilganini ma’lum qildi.
Uning ma’lum qilishicha, yangi funksiya shu oyda foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.
Hozirda heshteglar alohida kanallar va chatlar ichidagi postlarni qidirish uchun ishlaydi, biroq global qidiruvni boshlaganingizdan so‘ng, heshtegni bosganda, umumiy “Telegram” kanallarida ular tilga olingan barcha postlar ko‘rsatiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kelajakda kanallar qamrovini oshirish uchun trendli heshteglar paydo bo‘lishi mumkin.
Aprel oyi boshida “Telegram” foydalanuvchi kuzatadigan shu kabi mavzulardagi kanallarni tavsiya qila boshladi.
Avvalroq “Spot” “Telegram"da navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.
Xususan, tavsiya etilgan kanallar va hikoyalarni anonim ochish, uzatilgan xabarlarda profil rasmini ko‘rsatish hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.