“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd joriy yilning 24, 25, 26-may kunlari harakatlanadi.
Poyezd qatnovi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
- Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
- Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent-Andijon, Andijon-Qo‘ng‘irot va Andijon-Termiz yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.
15-maydan poyaxtdan Qarshi, Buxoro hamda Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxi oshiriladi. Xususan, ekonom-klass uchun — 20%, biznes-klass — 30% va VIP klass uchun — 40%ga oshirilmoqda.
Bu mazkur elektropoyezdlar uchun ikkinchi marotaba narx belgilanishi bo‘lib, o‘tgan yilning noyabridan chiptalar narxi 60%dan yuqoriroqqa oshirilgandi.