14−16 may kunlari Yerevanda YTTBning yillik yig‘ilishi va Delivering Impact Together biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, unda 74 davlatdan kelgan delegatlar qatorida ANORBANK vakillari ham ishtirok etdi.

анорбанк, реклама

Moliya sohasining keng ko‘lamli tadbiri 2 mingga yaqin ishtirokchini, jumladan, yuqori martabali rasmiy delegatsiyalar, xalqaro tashkilotlar va xususiy kompaniyalar vakillarini bir joyda jamladi. ANORBANK vakillari Delivering Impact Together biznes-forumi doirasida Germaniya, Italiya va Fransiyaning yirik banklari, Shveysariya va Gollandiyaning xususiy investitsiya fondlari, shuningdek, Yevropaning boshqa moliya institutlari delegatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

анорбанк, реклама

Sohaning xorijiy yetakchilaridan biri — DZ Bank, KfW IPEX-Bank, DEG, Banca Popolare di Sondrio, ODDO BHF, Proparco va OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar global moliyaviy-iqtisodiy makonda ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari, jumladan, tomonlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qildilar.

анорбанк, реклама

2024-yil YTTB ishtirokchilar eʼtiborini inklyuzivlik, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kabi uchta asosiy mavzuga qaratdi. Ushbu mavzularning har biri YTTB va ANORBANK missiyasining mohiyatini aks ettiradi hamda zamonaviy biznes va rivojlanishning o‘zgaruvchanlik xususiyatini ko‘rsatadi.

анорбанк, реклама


ANORBANK birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hamda O‘zbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bo‘lib, u mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini o‘zida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.

ANORBANK‘ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil maʼlumot taqdim etilgan.

Telefon: 1290.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.