“Twitter.com” domeni endi foydalanuvchilarni sobiq “Twitter"ning yangi manzili bo‘lgan “x.com"ga yo‘naltiradi. Ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask yakuniy o‘tish haqida gapirdi.

2023-yil iyun oyida “Twitter” o‘z nomini “X"ga o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Va iyul oyida “Twitter” nomi “X” deb o‘zgartirildi, lekin sayt manzili o‘zgarmagandi.

2022-yil oktabr oyi boshida Mask “Twitter"ni oldin kelishilgan shartlar asosida $44 mlrdga sotib olishga rozilik bildirgandi.

Keyinchalik Mask kompaniyaning 75% xodimini ishdan bo‘shatmoqchi ekanligi haqida ma’lum qildi. 11-noyabr kuni “Twitter” rahbari xodimlariga masofadan turib ishlashni taqiqladi.

12-noyabr kuni esa “Twitter” 5500 ta pudratchidan 4400 tasini ishdan bo‘shatdi. Ular ishdan bo‘shatilgani haqida korporativ akkauntlariga kira olmaganlaridan keyin bilishgan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, bu qarorga budjetni qayta ko‘rib chiqish zarurati sabab bo‘lgan.

2023-yil mart oyidan boshlab u “Twitter"ning qonuniy nomini “X Corp” (“X Holdings Corp” tarkibiga kiruvchi)ga o‘zgartirdi.


Avvalrpq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘ida yangi foydalanuvchilarning postlari uchun to‘lov joriy etilishi haqida yozgandi.

Ilon Maskning ta’kidlashicha, yangi akkauntlar uchun kichik to‘lov botlarning tinimsiz yaratilishini cheklashning yagona yo‘li hisoblanadi.