Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobili Farg‘ona tumani hududida joylashgan yashash xonadoni oldiga kelib to‘xtagan vaqtida belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada mazkur shaxsga tegishli avtotransport vositasi salonida va xonadonida umumiy qiymati 367 mln so‘mlik 2 turdagi jami 270 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur smartfonlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan.
2023-yilning oktabrida Farg‘ona viloyatida qiymati 6 mlrd so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi.