Rossiyada davolanish uchun Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan xorijliklar soni ortib bormoqda. Bu haqda “Rossiya — Islom olami: KazanForum 2024” forumida ma’lum qilindi.
Tibbiy turizmni rivojlantirish dasturi Rossiya hukumati tomonidan 2019 yilda qabul qilingan. Keyingi to‘rt yilda mamlakatda 17,5 mlndan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Davolanishga kelgan xorijliklarning umumiy sonining 22%i bilan O‘zbekiston yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (20%), Qirg‘iziston (5%) va Qozog‘iston (2%) turibdi.
Tibbiy turizm loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markaz rahbari Kirill Girin ta’kidlaganidek, ko‘pincha xorijliklar onkologik terapiya oladi (25%).
Keyingi o‘rinlarda travmatologiya (20%), kardiojarrohlik (17%), oftalmologiya (9%) va neyroxirurgiya (7%).
Moskva va Moskva viloyatidagi tibbiyot muassasalari tibbiy sayyohlar orasida eng ko‘p talabga ega.
Shuningdek, ko‘plab xorijiy fuqarolar Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Sverdlovsk viloyatlari hamda Tataristonda davolanmoqda.
So‘nggi 5 yil ichida Tatariston klinikalarida xorijlik bemorlar soni qariyb 8 barobar oshdi, dedi Respublika bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari Alla Gumerova. Ular uchun eng mashhur sohalar transplantatsiya, onkologiya va neyroxirurgiya bo‘ldi.