Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qoraqalpog‘istonda mehmonxona biznesini qo‘shimcha subsidiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat Lex.uz ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.

Subsidiyani ilgari yulduz toifasiga ega bo‘lmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalar olishi mumkin.

Qaror prezident Shavkat Mirziyoyevning fevraldagi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘istonning turizm sohasini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Subsidiya miqdori har bir mehmonxona xonasi uchun 20 mln so‘mni tashkil etadi.

Yulduzli toifani olish uchun Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga murojaat qilish kerak.

Subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona portalga topshiriladi.

Anketa raqamli identifikatsiya (barmoq izi, Mobil ID, raqamli imzo va boshqalar) yordamida tekshirilishi kerak.

Komissiyaga arizani ko‘rib chiqish uchun 10 ish kuni beriladi. Qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda, qarorning nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi va keyingi 10 ish kuni ichida to‘lovlar uning tijorat bankidagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Subsidiyalarni olgandan so‘ng, tadbirkor yulduz toifasini saqlab qolgan holda 5 yil davomida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishi kerak. Aks holda, u amal qilish muddati tugagunga qadar qolgan davr uchun subsidiyalar miqdorini qaytarishi kerak.

Hozirgi mehmonxona subsidiyasi dasturi faqat kamida 3 yulduzli toifaga ega bo‘lgan yangi muassasalar uchun to‘lovlarni taqdim etadi.

O‘tgan yil iyul oyida tashabbusni 2026-yil oxirigacha uzaytirishga qaror qilingandi.