Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi qisqa muddatlarda qolish uchun Shengen vizalari uchun to‘lovlar oshirilishini e’lon qildi.

Yangi qoidalar butun dunyo bo‘ylab 11-iyundan kuchga kiradi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

“C” toifadagi Shengen vizasi narxi 12%ga oshirilib, kattalar uchun bu 90 yevro, 12 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa 45 yevro bo‘ladi.

Olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Shengen vizasini olish uchun to‘lov haqi olinmaydi.

Hozirda kattalar uchun viza to‘lovi kattalar uchun 80 yevro, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 40 yevroni tashkil qiladi.

Mavzuga doir: “Spot” Shengen vizasi o‘zi nima, uni qayerdan va qanday olish mumkinligi haqida ma’lumotlarni to‘plagandi.

Qayd etilishicha, Yevropa komissiyasi Shengen vizalarining narxini har uch yilda bir marta inflyatsiya va Yevropa Ittifoqidagi davlat xizmatchilarining o‘rtacha ish haqi asosida ko‘rib chiqadi.

Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) shu munosabat bilan Yevropa komissiyasi Shengen vizalari narxini oshirishning aniq sanasini hali e’lon qilmagani va buni hafta oxirigacha amalga oshirishi mumkinligini ta’kidladi. Uyushma, shuningdek, to‘lovlarni oshirish loyihasi fevral oyida taqdim etilganini eslatdi.

Yevropa komissiyasi Shengen vizasi uchun standart to‘lovni 12%ga oshirishi taklifini fevral oyida e’lon qilgandi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz sayohat qilishlari mumkinligi haqida yozgandi.

Fuqarolar 31ta davlatga vizasiz kirishlari, 28ta davlatga esa borgan vaqtlarida viza olishlari, shuningdek, 15ta mamlakat uchun elektron viza rasmiylashtirishlari mumkin.