Toshkentda ko‘chalar va chorrahalarni rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan avtomobillar harakatiga cheklov kiritilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ishlar doirasida quyidagi ko‘chalar avtotransport harakati uchun belgilangan vaqtlarda yopiladi:
- Qorasaroy ko‘chasi Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha.
Ushbu ko‘chalar 20-may kuni soat 22:00dan 21-may 06:00gacha hamda 21-may kuni soat 22:00dan 22-may 06:00gacha yopiladi.
Haydovchilarga bu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Avvalroq Toshkent shahridagi chorraha va ko‘chalarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Jami 32ta chorraha hamda 17ta ko‘chada may oyidan sentabrgacha ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.
2024-yilda Toshkentning ayrim ko‘chalarida pullik to‘xtash joylarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Kelgusi ikki yilda 20 ming pullik avtoturargohlar tashkil etiladi. To‘xtash joylarining narxi soatiga 3 ming so‘m etib belgilanadi.