Birinchi xususiy TEAM tadbirkorlik universitetida yangi taʼlim yo‘nalishi — Executive Education ochildi. Bu kompaniya egalari, bosh direktorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar uchun mo‘ljallangan taʼlim dasturlari hisoblanadi.
5-iyun kuni dasturning birinchi moduli ishga tushadi, ushbu dastur boshqarish sohasidagi zamonaviy bilimlarni uzatish maqsadida top-boshqaruvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Taʼlim biznes jarayonlarini yangi tomondan ko‘rib chiqish imkonini beradi: kompaniya boshqaruvchilari ishga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan va mustaqil kuzatish qiyin bo‘lgan muammoli jihatlarni ko‘rishadi.
Dastur spikerlari yirik xalqaro korxonalar boshqaruvchilari, hammuassislari va yetakchi kompaniyalarning boshqaruvchi hamkorlari bo‘lib, kompaniya strategiyalarini ishlab chiqishda o‘z tajribalari va o‘sish vositalari bilan bo‘lishadilar.
Netvorking va yangi tanishuvlar har qanday taʼlimning kuchli drayverlari hisoblanadi. Muvaffaqiyatli ishbilarmonlar guruhida ishtirokchilar tajriba almashish, yangi insaytlarga ega bo‘lish va kuchli energiya bilan to‘yinishdek ajoyib imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
“Tajribaning ikki tomoni bor. Birinchisi, tajriba tadbirkorlarga murakkab va muhim qarorlarni qabul qilishning muvaffaqiyatli strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi. Ikkinchisi, ular ushbu strategiyalarga qatʼiy tayanishni boshlaydilar. Tajriba qanchalik ko‘p bo‘lsa, barcha savollarga javoblar ham shunchalik ravshan ko‘rinadi. Insonlar yangi tajribalar o‘tkazishdan va rivojlanishdan to‘xtamoqda. Shuning uchun, hatto eng tajribali rahbarlar ham dunyoga noodatiy tomondan nazar solish, alternativ nuqtai nazarlar bilan to‘qnashish va o‘z qarashlarini yangilash uchun vaqti-vaqti bilan taʼlim olishlari kerak”, — dedi korporativ strategiya dasturi spikeri Svyatoslav Biryulin.
Dasturda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
- Svyatoslav Biryulin — dastur spikeri, yirik ishlab chiqarish va savdo korxonalarini boshqarish bo‘yicha 26 yillik tajribaga ega amaliyotchi boshqaruvchi va biznes-maslahatchi;
- Oksana Novojenina — dastur spikeri, o‘yinlar amaliyotchisi, biznes-murabbiy va 20 yildan ortiq tajribaga ega maslahatchi. Xodimlarni boshqarish, neyromenejment va geymifikatsiya sohasida sertifikat va diplomga ega mutaxassis, Lego Serious Play‘ning sertifikalangan fasilitatori. U yetakchi xalqaro kompaniyalar va tashkilotlar (Nielsen, IHG Group, GM, EBRD, World Bank, UZUM-market, TEAM University, QQB, HM-Partners va boshqalar) bilan ishlagan;
- Vladislav Tolkach — Horvath & Partners (Germaniya) kompaniyasi moliyaviy maslahatchisi. Mutaxassisligi — kontrolling, moliya. Sontrollerʼs Master (Controller Akademie, Germaniya) diplomiga ega. Turli sohadagi (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, IT, distributsiya, chakana savdo) kompaniyalar bilan 23 yillik amaliy faoliyat tajribasiga ega;
- Marina Vanina — Grant Thornton Valuation xalqaro baholash kompaniyasining boshqaruvchi hamkori. U biznes-baholashda katta tajribaga ega, MIRBIS xalqaro biznes maktabi tomonidan sertifikatlangan va xalqaro CIPA sertifikatiga ega. Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi uslubiy kengashi va O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi aʼzosi;
- Aleksey Ivanov — Customer Experience Laboratory (cx-lab.uz) va Toshkentdagi mijozlar tajribasi akademiyasi (cx-academy.uz) asoschisi va rahbari. Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari, jumladan Anorbank, Humans, UzPost, HeadHunter, Sberbank, Alfa-Bank, VTB, Sportmaster va Bosch kabi brendlar uchun o‘z samaradorligini isbotlagan mijozlar tajribasini tahlil qilish va takomillashtirish metodologiyasini ishlab chiqqan;
- Nargisa Baymirzayeva — Ishonch do‘konlar tarmog‘ining transformatsiya loyihalari direktori, Korzinka.uz ning korporativ rivojlanish bo‘yicha sobiq direktori. O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston bozorlarida HR bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega. CIPD`ning xalqaro CHRM dasturida sertifikatlangan HR mutaxassis;
- Mixail Tsarev — mustaqil direktor va sertifikatlangan auditor (SPA), YTTB‘da kichik biznes bo‘yicha maslahatchi, Stan Advisory hamtaʼsischisi va boshqaruvchi hamkori. Top-menejment va direktorlar kengashida 30 yillik tajribaga ega, shu jumladan KPMG kompaniyasining yetakchi hamkori;
Dasturning davomiyligi yetti kunni tashkil etadi. Intensiv ritm mavzuga chuqur kirib borish va xalqaro maʼruzachilardan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq asboblarni olish imkonini beradi.
Ishtirokchilarni ikkita modul kutmoqda. Dastur tili — rus va o‘zbek tillariga sinxron tarjima qilinadi.
Birinchi modul 5-iyundan 8-iyungacha o‘tadi. Uning programmasiga kiradi:
- biznes-o‘yin;
- rahbarning vazifalari va rollari, uning top-jamoa va steykxolderlar bilan o‘zaro munosabati;
- maqsadni belgilash;
- SEO yoki rahbarning muvaffaqiyat omillari, keng tarqalgan xatolar va ularni oldini olish usullari;
- rahbar ishining asosiy tamoyillari va boshqaruvga turli yondashuvlar;
- zamonaviy sharoitlarda strategiyani ishlab chiqish (2 kun).
Ikkinchi modul 20-iyundan 22-iyungacha o‘tadi:
- top-menejerlar yo‘l qo‘yadigan asosiy moliyaviy xatolar;
- kompaniya qiymatini boshqarish;
- mijozlar tajribasi va xizmatlarini rivojlantirish;
- tashkiliy boshqaruv va top-jamoani shakllantirish;
- biznesni rivojlantirish strategiyasi. O‘zgarishlarni boshqarish;
- biznes loyihani himoya qilish;
- sertifikatlar topshirish.
Bundan tashqari, ishtirokchilarni netvorking, kechki ovqatlar va yetakchi ekspertlar hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlarning mahorat darslari kutmoqda. “Samarali rahbar” dasturining bitiruvchilari TEAM universitetining malaka va bilimlarini tasdiqlovchi sertifikatiga ega bo‘ladilar.
Sevil Sakayeva — maslov: tashkent aloqa agentligi aksiyadori va boshqaruvchi hamkori.
“Har qanday treningda netvorking va yangi tanishuvlar eng kuchli drayverlardan biri hisoblanadi. Bizning guruh 15 kishidan iborat edi. Ularning barchasi o‘ziga to‘q odamlar va muvaffaqiyatli tadbirkorlardir. Va men uchun bu har doim tajriba, yangi tushunchalar va kuchli energiya almashinuvidir. Dasturning netvorkingga oid qismi 100 foiz o‘z samarasini berganidan juda xursandman”, — deb o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi uchinchi bosqich bitiruvchisi Sevil Sakayeva.
Yevgeniya Snyatinskaya — Siberion MCHJ direktori.
“Xodimlarni test sinovidan o‘tkazishdan tortib menejer arxetiplarini tushunishgacha bo‘lgan juda ko‘p asboblar mening ishimni yana-da samaraliroq qilishga yordam berdi. Dastur, shuningdek, biznes strategiyani yaratish bo‘yicha aniq qadamlarni tasvirlab berdi. Yaʼni, berilgan barcha vositalarni kompaniya ishiga tatbiq etish maksimal darajada oson”, — dedi “Samarali rahbar” uchinchi bosqich bitiruvchisi.
Dasturning barcha ishtirokchilari muvaffaqiyatli biznesmenlar, tadbirkorlar va yirik kompaniyalarning boshqaruvchilari bo‘lganligi sababli, trening yangi aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.
Oltita qo‘l siqish nazariyasiga asoslanib, har bir bitiruvchi yangi tanishlar orqali o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun yana-da ko‘proq imkoniyatlarga ega, chunki samarali muloqot muvaffaqiyatga erishishni tezlashtiruvchi kuchli omil.
Bugungi kunda “Samarali rahbar” dasturining bitiruvchilari haqiqiy biznes jamiyatiga aylandi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Belarusning 130 dan ortiq direktorlari, aksiyadorlari va biznes egalari qatnashgan.
Dasturga havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Dastur haqida ko‘proq maʼlumotni havola orqali orqali bilib olish mumkin.
Facebook: fb.com/team.executive.edu
Instagram: @team_executive_edu
Telegram: t.me/team_executive_edu
LinkedIN: team.executive.edu
Reklama huquqlari asosida.