“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbout xizmati xabar berdi.
Kompaniya 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.
775/776-sonli elektropoyezd qatnovi 31-may, 1−2 iyun kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi:
- Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi:
- Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Joriy yilning 24, 25, 26-may kunlari ham 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd harakatlanadi.
15-maydan Toshkentda Qarshi, Buxoro va Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlariga yangi narxlar belgilandi. Ekonom-klass — 20%, biznes-klass — 30% va VIP klass 40%ga oshirildi.